Tezda har qanday xodim bilan aloqa chiqish, hujjatlar va hisob-kitoblarni muhokama qilish, hamkasblar bilan muloqot qilish imkoniyatlari barchasi Bitrix24'da.
Ariza qoldirish
Ma’lumotlaringizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan tez orada bog‘lanishadi
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz va maxfiylik siyosatini qabul qilasiz.
100 kishigacha videokonferentsiyalar
Hamkasblar va mijozlar bilan bepul video aloqa qiling. Uchrashuvni chatdan yoki kalendardan to'g'ridan-to'g'ri boshlashingiz mumkin!
Messendjer
G'oyalarni muhokama qilish va fayllarni almashish uchun chatlar va kanallar yarating.
Ish vaqtini hisobga olish va hisobotlar tayyorlash
Xodim Bitrix24’da ish kunini bitta harakat bilan boshlashi, to'xtatishi va tugatishi mumkin. Ish grafigini o'rnating va ishlagan soatlarni qayd etib boring.
Turli xil imkoniyatlarga ega, zamonaviy CRM
Bir necha harakat bilan pochta, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, reklama, analitika va omborlaringizni sistemaga ulang.
Telefon orqali - lidlar bilan ishlang, mijozlar bilan barcha kanallarda muloqot qiling, hujjatlarni to'ldiring, hisob-fakturalarni chiqaring va to'lovlarni qabul qiling.
Mijozlar ro'yxati
Har xil kanallardan arizalarni to'plang: sayt formalaridan, onlayn chatlardan, telefon qo'ng'iroqlaridan va ijtimoiy tarmoqlardan. Kontaktlar, barcha yozishmalar va qo'ng'iroq yozuvlari CRMda saqlanadi.
Sotuvni avtomatlashtirish
Robotlar savdo va marketingni avtomatlashtirib, sizning vaqtingiz va pulingizni tejaydi.
Biznesni avtomatlashtirish
Biznesni avtomatlashtirishning mutlaqo yangi darajasi. Hujjatlarni muvofiqlashtirish, to'lovlarni to'lash va boshqa turdagi operatsiyalarni 80% tezlashtiradi. Barcha jarayonlar bitta ekranda ko'rsatiladi, robotlar tomonidan boshqariladi va hech qanday kodlarsiz tezda sozlanadi.
Robotlar-bu oldindan rejalashtirilgan harakatlar algoritmi bo'lib, u siz belgilagan stsenariy bo'yicha ishlaydi. Robotlarning o'zlari ixodimlar o'rniga hujjatni tasdiqlash jarayonini keyingi bosqichga o'tkazadilar, vazifalar qo'yadilar, xatlar yuboradilar, jarayon ishtirokchilariga muddatlar buzilganligi to'g'risida xabar yuboradilar.
Xaridor esa har bir bosqichda tegishli ma'lumotlarni oladi: savatni to'ldirish, tovarlarni to'lash va yetkazib berish.
Protsesslarni boshqaring
Robotlar odam shunchaki unutishi yoki noto'g'ri qilishi mumkin bo'lgan harakatlarni avtomatlashtirishga yordam beradi. Barcha kelishuvlar, hujjatlar aylanishi, loyihalar bo'yicha ishlar qat'iy ravishda sizning stsenariyingizga muvofiq, siz belgilagan uch bosqich va shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Jarayonni kuzatish qulayligi uchun kelishuvning barcha bosqichlari bitta ekranda ustunlar sifatida ko'rsatiladi. Haqiqiy vaqtda siz hujjatning bir bosqichdan ikkinchisiga o'tishini ko'rasiz.
Har qanday biznesga moslashtirish
Har bir kompaniyaning o'z maqsadlari va vazifalari bor, shuning uchun har bir protsessni har qanday biznesning xususiyatlariga moslashtirish juda ham muhim.
30 daqiqada sozlang
Oddiy konstruktorda siz hujjat o'tishi kerak bo'lgan barcha yo'lni bosib o'tasiz: to'ldirish uchun kartochkalarni, bosqichlar sonini va buning uchun kim javobgarligini ko'rsating. Keyin robotlarning o'zlari hamma narsa muvaffaqiyatli bo'lishini nazorat qiladilar.
Bulutli yechimmi yoki quti?
Bitrix24 dan onlayn servis (bulutli servis) va alohida quti (serveringizda o'rnatilgan) sifatida foydalanish mumkin
Bitrix24 (Quti talqini)
Murakkab integratsiya va chuqur takomillashtirish qobiliyatiga ega korporativ portalni talab qiluvchi o'rta va yirik kompaniyalar uchun javob beradi.
Manba kodi ochiq, bu sizga tizimni xohlagan tarzda sozlash, o'zingiz uchun o'zgartirishlar kiritish imkonini beradi.
Quti versiyasi xodimlar va har bir bo'lim uchun individual sozlamalar imkonini beradi.
Barcha ma'lumotlar sizning serverlaringizda saqlanadi, bu ularni qo'shimcha himoya qilishga imkon beradi.
Serverda ishlash uchun sizga internet ham kerak emas.
Bepul konsultatsiya uchun ariza qoldiring yoki bepul qo'ng'iroq qiling. Biz sizning biznes ehtiyojlaringizni tahlil qilamiz va kompaniyangiz uchun eng optimal yechim taklif qilamiz.
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz va maxfiylik siyosatiniqabul qilasiz.